Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Luqman — Ayah 12

31:12
وَلَقَدۡ ءَاتَيۡنَا لُقۡمَٰنَ ٱلۡحِكۡمَةَ أَنِ ٱشۡكُرۡ لِلَّهِۚ وَمَن يَشۡكُرۡ فَإِنَّمَا يَشۡكُرُ لِنَفۡسِهِۦۖ وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَنِيٌّ حَمِيدٞ ١٢
Batahqiq, Biz Luqmonga: «Allohga shukr qil. Kim shukr qilsa, o`zi uchun qiladir. Kim noshukrlik qilsa, bas, albatta, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir», deb hikmatni berdik.1
Footnotes
  • [1] («Hikmat», aslida, har bir narsani yaxshilab o`z joyiga qo`yish, degan ma'noni beradi. Shu boisdan ham har bir gapni to`g`ri so`zlash va har bir ishni to`g`ri bajarishga «hikmat» deyiladi. Alloh taolo hazrati Luqmonga ana shunday ne'matni ato qilganini ushbu oyatda bildirmoqda. U kishining ismlariga «hakim» laqabi qo`shilib zikr qilishi sababi ham shundan. Ba'zi kishilar bu hikmat sohibi bo`lgan zotni payg`ambar deb ham aytishgan. Ammo aksar ulamolarimiz, jumladan, ko`pgina tafsirchilarimiz, hazrati Luqmon payg`ambar emas, hakim bo`lgan, deydilar. Chunki payg`ambarlarning zikri kelgan Qur'on oyatlarida bu kishining ismlari kelmagan. Shuningdek, u kishining payg`ambar bo`lganlari haqida Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalotu vassalom ham hech bir xabar bermaganlar.)