Alloh sizlarga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni beminnat xizmatkor qilib qo`yganini va sizga zohiriy va botiniy ne'matlarni mukammal qilib berganini bilmadingizmi?! Odamlar orasida ilmsiz, hidoyatsiz va ravshan kitobsiz (bo`la turib) Alloh haqida tortishadiganlari ham bor.1
Footnotes
[1]
(Ba'zi odamlar o`zlarida haqiqatni isbot qiluvchi ilm bo`lmasa ham, Alloh haqida tortishaveradilar. To`g`ri yo`lga boshlovchi hidoyatchilari bo`lmasa ham, Alloh xususida bahslashaveradilar. Turli bo`lmag`ur fikrlarni aytadilar. Unga kufr keltiradilar. Unga shirk keltiradilar.)