Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Luqman — Ayah 22

31:22
۞ وَمَن يُسۡلِمۡ وَجۡهَهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِ وَهُوَ مُحۡسِنٞ فَقَدِ ٱسۡتَمۡسَكَ بِٱلۡعُرۡوَةِ ٱلۡوُثۡقَىٰۗ وَإِلَى ٱللَّهِ عَٰقِبَةُ ٱلۡأُمُورِ ٢٢
Kim go`zal amallarni qilguvchi bo`lgan holida Allohga yuz tutsa, batahqiq, u ishonchli arqonni mahkam tutibdi. Ishlarning oqibati faqat Allohga qaytur.1
Footnotes
  • [1] (Biz «ishonchli arqon» deb tarjima qilgan ma'no oyatda «al-urvatul vusqo» deb kelgan. «Vusqo» ishonchli degani, «al-urvatu» deb esa, toqqa osilib chiqiladigan arqonga aytiladi. Demak, bu dunyoda oliy maqsadga erishish baland tog` cho`qqisiga chiqish deb olinsa, Islom dinini tutish o`sha cho`qqiga chiqish uchun uzilmaydigan, ishonchli arqonni mahkam tutishga o`xshar ekan. Cho`qqiga chiqmoqchi bo`lgan odam, endi arqondan ko`ngli to`q bo`laversin. Bu yog`i o`ziga bog`liq, harakat qilsa, cho`qqiga albatta chiqadi. Shuning uchun avval-boshdan unga iymon keltirib, u nozil qilgan Qur'onga ergashaverish kerak.)