Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah As-Sajdah — Ayah 13

32:13
وَلَوۡ شِئۡنَا لَأٓتَيۡنَا كُلَّ نَفۡسٍ هُدَىٰهَا وَلَٰكِنۡ حَقَّ ٱلۡقَوۡلُ مِنِّي لَأَمۡلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنَ ٱلۡجِنَّةِ وَٱلنَّاسِ أَجۡمَعِينَ ١٣
Agar xohlaganimizda, har bir jonga o`z hidoyatini berar edik. Lekin Mendan: «Albatta, jahannamni jinlar va odamlarni jamlab to`ldirurman», degan so`z haq bo`ldi.1
Footnotes
  • [1] (Ha, bu ish Alloh taolo uchun oson edi. Alloh insonni ayricha tabiat bilan yaratdi. Unga aql berdi. Iroda berdi. Istak berdi. Shahvat berdi. Payg`ambar yuborib, kitob nozil qildi. Hidoyat va zalolat yo`lini ko`rsatdi. Bu dunyodagi vazifasini tushuntirdi. Odamlar va jinlar ichidan kofirlikni, osiylikni tanlaganlarini qo`shib jahannamga tashlab, ular bilan uni albatta to`ldiraman, degan so`zim bor edi, shu haq bo`ldi.)