Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Ahzab — Ayah 19

33:19
أَشِحَّةً عَلَيۡكُمۡۖ فَإِذَا جَآءَ ٱلۡخَوۡفُ رَأَيۡتَهُمۡ يَنظُرُونَ إِلَيۡكَ تَدُورُ أَعۡيُنُهُمۡ كَٱلَّذِي يُغۡشَىٰ عَلَيۡهِ مِنَ ٱلۡمَوۡتِۖ فَإِذَا ذَهَبَ ٱلۡخَوۡفُ سَلَقُوكُم بِأَلۡسِنَةٍ حِدَادٍ أَشِحَّةً عَلَى ٱلۡخَيۡرِۚ أُوْلَٰٓئِكَ لَمۡ يُؤۡمِنُواْ فَأَحۡبَطَ ٱللَّهُ أَعۡمَٰلَهُمۡۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٗا ١٩
Sizlarga nisbatan baxillik qilgan hollarida (kelurlar). Bas, xavf kelgan chog`da ularning senga o`lim talvasasidagi kishiga o`xshab, ko`zlari aylanib nazar solishlarini ko`rursan. Bas, xavf ketganda esa, yaxshilikka ochko`zlik qilib, sizlarga o`tkir tillar ila ozor berurlar. Ana o`shalar, iymon keltirmaganlardir. Bas, Alloh amallarini behuda ketkazdi. Bu esa, Alloh uchun oson edi.1
Footnotes
  • [1] («Ana o`shalar» mo`min-musulmonlarga qo`shilib, safarbarlikka chiqadiganlarning jihodga bo`lgan shashtini pasaytiradigan, urushga ozginasigina keladigan, xavf kelganda musulmonlar rahbariga xuddi, o`limimga sen sababsan, degandek nazar soladigan, xavf ketganda, o`lja talashib urishadigan, iymon keltirmagan odamlardir.)