Mo`minlar ahzoblarni ko`rganlarida: «Bu bizga Alloh va Uning Rasuli va'da qilgan narsadir. Alloh va Uning Rasuli rost so`zlarlar», dedilar. Bu ularga iymon va taslimdan boshqa narsani ziyoda etmadi.1
Footnotes
[1]
(Ya'ni, kofirlarning ahzob bo`lib, sonsiz-sanoqsiz adadda ustlariga bostirib kelishlari mo`minlarga iymondan va Alloh taologa butunlay o`zlarini topshirishdan boshqani ziyoda qilmadi. Ularning iymon-e'tiqodlari va musulmonchiliklari yana ham kuchaydi. Ha, iymon keltirgan, musulmon bo`lgan odamlar ana shunday odamlardir.)