Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Ahzab — Ayah 29

33:29
وَإِن كُنتُنَّ تُرِدۡنَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَٱلدَّارَ ٱلۡأٓخِرَةَ فَإِنَّ ٱللَّهَ أَعَدَّ لِلۡمُحۡسِنَٰتِ مِنكُنَّ أَجۡرًا عَظِيمٗا ٢٩
Agar Allohni va Uning Rasulini va oxirat diyorini iroda qiladigan bo`lsangiz, bas, albatta, Alloh sizlardan go`zal amal qilguvchilarga ulug` ajrni tayyorlab qo`ygan», deb ayt.1
Footnotes
  • [1] (Ushbu ikki oyati karimaning nozil qilinishiga Rasuli Akram alayhissalotu vassalom bilan u kishining tohira ayollari orasida o`tgan hodisa sabab bo`lgan. Ushbu ikki oyatdagi buyruqqa binoan Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom har bir ayollariga yoki bu dunyo hayoti va uning ziynatini, yoki Alloh, Uning Rasuli va oxiratni ixtiyor qilishini so`rab chiqishlari kerak edi. U zoti bobarakot bu ishni Oyisha onamizdan boshladilar. Rasululloh alayhissalotu vassalom Oyisha onamizga: «Men senga bir ishni aytaman. Shoshilmasdan, ota-onang bilan maslahat qilib javob bergin», dedilar. Oyisha onamiz: «U qanday narsa?» dedilar. Payg`ambar alayhissalotu vassalom: «Ey Payg`ambar, jufti halollaringga...» oyatini o`qib berdilar. Oyisha onamiz: «Siz haqingizda ota-onam bilan maslahat qilamanmi?! Yo`q! Men Allohni va Uning Rasulini ixtiyor qilaman, dedilar. Keyin Rasululloh alayhissalotu vassalom barcha jufti halollariga ikki ixtiyordan birini tanlashga izn berdilar, hammalari Oyisha onamiz tanlagan tarafni tanladilar.)