Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Ahzab — Ayah 37

33:37
وَإِذۡ تَقُولُ لِلَّذِيٓ أَنۡعَمَ ٱللَّهُ عَلَيۡهِ وَأَنۡعَمۡتَ عَلَيۡهِ أَمۡسِكۡ عَلَيۡكَ زَوۡجَكَ وَٱتَّقِ ٱللَّهَ وَتُخۡفِي فِي نَفۡسِكَ مَا ٱللَّهُ مُبۡدِيهِ وَتَخۡشَى ٱلنَّاسَ وَٱللَّهُ أَحَقُّ أَن تَخۡشَىٰهُۖ فَلَمَّا قَضَىٰ زَيۡدٞ مِّنۡهَا وَطَرٗا زَوَّجۡنَٰكَهَا لِكَيۡ لَا يَكُونَ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ حَرَجٞ فِيٓ أَزۡوَٰجِ أَدۡعِيَآئِهِمۡ إِذَا قَضَوۡاْ مِنۡهُنَّ وَطَرٗاۚ وَكَانَ أَمۡرُ ٱللَّهِ مَفۡعُولٗا ٣٧
Esla, Alloh ne'mat bergan va sen ham ne'mat bergan shaxsga: «Juftingni o`zing ila tutib tur va Allohga taqvo qil», der eding. Va ichingda Alloh oshkor qilguvchi bo`lgan narsani maxfiy tutarding va odamlardan qo`rqarding, holbuki, Allohdan qo`rqmog`ing haqliroq edi. Qachonki Zayd undan o`z hojatini ado etgach, Biz seni unga uylantirdik. Toki, mo`minlarga o`z asrandi bolalari xotinlarida, ulardan hojatlarini ado qilishgach, tanglik bo`lmasin deb. Va Allohning amri amal qilinishi lozim bo`lgandir.1
Footnotes
  • [1] (Alloh taolo Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning ko`ngillariga Zayd Zaynabni taloq qilganidan keyin unga uylanish niyatini solgan edi. Aniq amr bo`lmagan edi-yu, ammo ko`ngillariga tushgan edi. Shuning uchun Zayd roziyallohu anhuga «Juftingni o`zing ila tutib tur», deb aytayotganlarida, xayollarida bu fikr bo`lib, Allohdan amr kelishini kutardilar. U zot odamlar, o`zining asrandi o`g`li taloq qilgan xotinga uylanibdi, deb aytishlaridan qo`rqar edilar. Rasuli Akram ushbu mulohazalar bilan Alloh ko`ngillariga solgan ishni — Zayd taloq qilganidan keyin Zaynabga uylanish niyatini maxfiy tutar edilar. Ta'kidlab aytish kerakki, bu faqat ko`ngilga tushgan fikr edi. Agar Allohning ochiq-oydin amri bo`lsa, hech qachon maxfiy tutmas edilar. Shunday bo`lishi kerak edi. Alloh taoloning irodasi shu edi. Alloh subhonahu va taolo Zaynab binti Jahsh roziyallohu anhoni Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomga o`zi nikohlab qo`ydi. Bu yerda valiy ham, mahr ham, guvoh ham yo`q. Hammasining o`rniga Allohning amri bor.)