Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Ahzab — Ayah 4

33:4
مَّا جَعَلَ ٱللَّهُ لِرَجُلٖ مِّن قَلۡبَيۡنِ فِي جَوۡفِهِۦۚ وَمَا جَعَلَ أَزۡوَٰجَكُمُ ٱلَّٰٓـِٔي تُظَٰهِرُونَ مِنۡهُنَّ أُمَّهَٰتِكُمۡۚ وَمَا جَعَلَ أَدۡعِيَآءَكُمۡ أَبۡنَآءَكُمۡۚ ذَٰلِكُمۡ قَوۡلُكُم بِأَفۡوَٰهِكُمۡۖ وَٱللَّهُ يَقُولُ ٱلۡحَقَّ وَهُوَ يَهۡدِي ٱلسَّبِيلَ ٤
Alloh biron kishining ichida ikkita qalb qilgan emasdir. O`zlaringiz zihor qilayotgan xotinlaringizni siz uchun ona ham qilgan emas va asrandi bolalaringizni sizga farzand qilgan emas. Bularingiz og`zingiz bilan aytgan gaplaringizdir. Alloh esa, haqni aytur va U to`g`ri yo`lga hidoyat qilur.1
Footnotes
  • [1] (Bu oyatda johiliyat tuzumining uchta hukmi haqida so`z ketmoqda. Bular: aqlli va ziyrak kishilarning qalbi ikkita bo`ladi, degan tasavvur; kim xotinidan zihor qilsa, xotini onasi bo`lib qoladi, degan aqida; kim biror bolani asrab olsa, o`z sulbidan bo`lgan bolaning o`rnida o`tadi, degan hukm. Bu uch hukmga kofir va munofiqlar to`la ishonishar va amal qilishar edi. Shu bilan birga, mo`min-musulmonlarning ham bu hukmlariga itoat etishlarini talab qilishardi. Mana shu oyat musulmonlar oldiga Allohga taqvo qilish, u yuborayotgan vahiyga ergashish, faqat Yaratganning o`ziga suyanish va kofiru munofiqlarga ergashmaslik vazifasini amaliy ravishda qo`ydi.)