Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Ahzab — Ayah 6

33:6
ٱلنَّبِيُّ أَوۡلَىٰ بِٱلۡمُؤۡمِنِينَ مِنۡ أَنفُسِهِمۡۖ وَأَزۡوَٰجُهُۥٓ أُمَّهَٰتُهُمۡۗ وَأُوْلُواْ ٱلۡأَرۡحَامِ بَعۡضُهُمۡ أَوۡلَىٰ بِبَعۡضٖ فِي كِتَٰبِ ٱللَّهِ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ وَٱلۡمُهَٰجِرِينَ إِلَّآ أَن تَفۡعَلُوٓاْ إِلَىٰٓ أَوۡلِيَآئِكُم مَّعۡرُوفٗاۚ كَانَ ذَٰلِكَ فِي ٱلۡكِتَٰبِ مَسۡطُورٗا ٦
Nabiy mo`minlar uchun o`zlaridan ko`ra haqlidir. Uning ayollari esa, ularning onalaridir. Allohning Kitobida qarindoshlar bir-birlariga boshqa mo`minlardan va muhojirlardan haqlidirlar. Faqat, do`stlaringizga yaxshilik qilmog`ingiz mustasnodir. Bu, Kitobda satrlar ila bitilmish.1
Footnotes
  • [1] (Payg`ambarning mo`minlar uchun tutgan o`rni shunchalik ulug`ki, u asrab olgan otadan ham, sulbiy otadan ham, hatto har bir mo`minning o`z nafsidan ham yuqori darajadadir. Uning bu darajasi doimiy va boqiydir. Payg`ambar alayhissalotu vassalom har bir narsada mo`minlar uchun hatto o`zlaridan ham ustun maqomdadir.)