Ey, iymon keltirganlar! Musoga ozor berganlar kabi bo`lmanglar. Bas, Alloh uni ular aytgan narsadan pokladi. Va u Allohning nazdida obro`li edi.1
Footnotes
[1]
(Bani isroilliklar Muso alayhissalomga turli ozorlar berganlar. Jumladan, jinsiy masalada ham u zotga ozor bergan edilar. Qorun, bir ayolga pul berib, Muso alayhissalomni borib zino qilishda ayblashga urinishni topshirgan. Sizlar ham Muhammad alayhissalotu vassalomga turli ozorlar bermanglar, xususan, oilaviy tarafdan turli mish-mishlar tarqatish bilan u zot alayhissalotu vassalomni ranjitmanglar. Boshlaringizga Bani Isroilning kuni tushib qolmasin.)