Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Ahzab — Ayah 72

33:72
إِنَّا عَرَضۡنَا ٱلۡأَمَانَةَ عَلَى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلۡأَرۡضِ وَٱلۡجِبَالِ فَأَبَيۡنَ أَن يَحۡمِلۡنَهَا وَأَشۡفَقۡنَ مِنۡهَا وَحَمَلَهَا ٱلۡإِنسَٰنُۖ إِنَّهُۥ كَانَ ظَلُومٗا جَهُولٗا ٧٢
Albatta, Biz bu omonatni osmonlarga, yerga va tog`larga taklif qildik. Bas, ular uni ko`tarishdan bosh tortdilar va undan qo`rqdilar. Uni inson ko`tardi. Darhaqiqat, u o`ta zolim va o`ta johildir.1
Footnotes
  • [1] (Bu omonat nima edi, degan savolga ulamolarimiz ushbu oyatdan va boshqa manbalardan kelib chiqib: «Shariat takliflari va Allohning farzlari», deb javob beradilar. Darhaqiqat, inson jinsi (hamma emas, albatta) o`ta zolimdir. O`ziga yuklatilgan va o`zi qabul qilgan omonatga muvofiq ish yuritmasdan o`ziga o`zi zulm qiladi. Inson jinsi o`ta johildir, shuning uchun o`zi rozi bo`lib, qabul qilib olgan omonatning ulkanligini bilmasdan, unga xiyonat qiladi.)