Ey, iymon keltirganlar! Allohning sizga bergan ne'matini eslang. O`shanda ustingizga lashkarlar kelgan edi. Bas, Biz ularning ustiga shamolni va siz ko`rmagan lashkarlarni yubordik. Alloh nima qilayotganingizni yaxshi ko`rib turguvchi edi.1
Footnotes
[1]
(O`sha paytda ustingizga ahzob — Quraysh o`zining odamlari va malaylari bilan hamda G`atafonning turli qabilalari birlashib, bostirib kelishgan edi. Ular sizlarni butunlay yo`q qilib yuborish maqsadida edilar.)