Qachonki, Biz u(Sulaymon)ga o`limni hukm etganimizda, ularga uning o`limi haqida asosini yeyayotgan yog`och qurtidan boshqa hech bir narsa dalolat qilmadi. Qachonki, u yiqilganda, jinlarga, agar ular g`aybni bilganlarida, xorlovchi azobda qolmagan bo`lishlari ayon bo`ldi.1
Footnotes
[1]
(Alloh taolo Sulaymon alayhissalomning jonlarini u kishi jinlarni ishlatib qo`yib, asolariga suyanib turganlarida olgan. Jinlar esa, Sulaymon kuzatib turibdi, deb ishlarida davom etaverganlar. Alloh taoloning irodasi bilan bir yog`och qurti Sulaymon alayhissalom suyanib turgan asoni ma'lum miqdorda yeganidan keyin aso joyidan surilgan va Sulaymon alayhissalomning jussalari yerga yiqilgan. Jinlar shundagina, o`z da'volariga qarshi o`laroq, g`ayb ilmini bilmasliklarini tushunib yetganlar.)