U zotning huzurida faqat O`zi izn berganlardan boshqaning shafoati manfaat bermas. Toki qalblaridan qo`rqinch ketgach: «Robbingiz nima dedi?» – derlar. «Haqni», derlar. U oliy va buyuk Zotdir.1
Footnotes
[1]
(Qiyomat kuni hamma o`zi bilan ovora bo`ladi. Hatto, ulug` payg`ambarlar ham, farishtalar ham biror narsa deyishga tortinib qoladilar. Birovga shafoatchilik borasida og`iz ocha olmaydilar. Shafoat qilishga Alloh taoloning O`zi izn berib, sharoit yaratib bermaguncha qo`rqinch ichida churq etmay turadilar.)