Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Saba — Ayah 31

34:31
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَن نُّؤۡمِنَ بِهَٰذَا ٱلۡقُرۡءَانِ وَلَا بِٱلَّذِي بَيۡنَ يَدَيۡهِۗ وَلَوۡ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلظَّٰلِمُونَ مَوۡقُوفُونَ عِندَ رَبِّهِمۡ يَرۡجِعُ بَعۡضُهُمۡ إِلَىٰ بَعۡضٍ ٱلۡقَوۡلَ يَقُولُ ٱلَّذِينَ ٱسۡتُضۡعِفُواْ لِلَّذِينَ ٱسۡتَكۡبَرُواْ لَوۡلَآ أَنتُمۡ لَكُنَّا مُؤۡمِنِينَ ٣١
Kufr keltirganlar: «Ushbu Qur'onga ham, undan oldingi narsaga ham hech iymon keltirmasmiz», dedilar. Agar sen o`sha zolimlarning Robbilari huzurida turg`azib qo`yilganlarida bir-birlariga gap qaytarayotganlarini ko`rsang edi. O`shanda zaif sanalganlar mutakabbirlik qilganlarga: «Siz bo`lmaganingizda, albatta, biz mo`min bo`lar edik», derlar.1
Footnotes
  • [1] (Qur'onga ham, undan oldingi kitoblarga ham hech qachon iymon keltirmaymiz, degan o`sha zolimlarni qiyomat kuni mahshargohda Robbilari huzurida turg`azib qo`yilganlarida har biri o`zini oqlash uchun bir-biriga gap qaytarayotganlarini ko`rsang edi. Ajoyib bir holatni, ya'ni bu dunyodagi mutakabbirlik, manmanlik va tug`yondan asar ham qolmaganini ko`rar eding. Ular ikkiga bo`linib olib, bir-birlariga ayb ag`darishlarini ko`rar eding. Ayb sizlarda, sizlarning gapingizga kirib, biz ham kofir bo`ldik, mana, oqibat nima bo`ldi?! deydilar.)