Qaysiki bir shahar-qishloqqa ogohlantirguvchi yuborsak, albatta, uning maishatbozlari: «Biz, albatta, siz ila yuborilgan narsaga kufr keltirguvchilarmiz», dedilar.1
Footnotes
[1]
(Oyati karimada biz «maishatbozlar» deb tarjima qilgan toifa maishatga berilib, barcha nozu-ne'matlarga ega bo`lib olib hukmini o`tkazgan, kishilarni yomonlikka boshlagan, xalqning yelkasiga minib olgan shaxslardir. Muhammad alayhissalotu vassalom payg`ambar bo`lib kelganlarida ham xuddi shunday holat sodir bo`ldi. Ahli Makkaning maishatboz kattalari u zot alayhissalotu vassalomga yuborilgan dinga kufr keltirganlarini e'lon qildilar. Oddiy xalqni ham u zot alayhissalotu vassalomga ergashishdan qaytardilar. Bu ish barcha zamon va makonda bo`lib kelgan takrorlansa, ajablanishi kerak emas.)