Na molu dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizni Bizning huzurimizga yaqin qila olmas. Magar kim iymon keltirgan va solih amal qilgan bo`lsa, ana o`shalargagina qilgan amallari tufayli ko`paytirilgan mukofot bordir. Ular (jannat) boloxonalarida omonlikdadirlar.1
Footnotes
[1]
(Ha, insonning ikki dunyodagi qadr-qiymati faqatgina iymoni va yaxshi amaliga qarab belgilanadi. Molu dunyo va bola-chaqa ham iymonli va solih amalli kishilargagina foyda berishi mumkin. Chunki iymonli odam molu dunyoni Alloh rozi bo`ladigan ishlarga sarflaydi.)