Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Saba — Ayah 46

34:46
۞ قُلۡ إِنَّمَآ أَعِظُكُم بِوَٰحِدَةٍۖ أَن تَقُومُواْ لِلَّهِ مَثۡنَىٰ وَفُرَٰدَىٰ ثُمَّ تَتَفَكَّرُواْۚ مَا بِصَاحِبِكُم مِّن جِنَّةٍۚ إِنۡ هُوَ إِلَّا نَذِيرٞ لَّكُم بَيۡنَ يَدَيۡ عَذَابٖ شَدِيدٖ ٤٦
Sen: «Men sizga birgina nasihat qilurman: Alloh uchun xolis, yakka-yakka va to`p-to`p turib bir fikr yuritib ko`ringlar. Sohibingizda jinga oid hech narsa yo`q. U sizlarga shiddatli azobdan oldingi ogohlantirguvchi, xolos», deb ayt.1
Footnotes
  • [1] (Xohlasangiz, birov xalaqit bermasligi uchun yakka-yakka turib fikr yuriting. Xohlasangiz, jamlanib, bir-biringizni to`g`rilab, ko`plashib fikr yuriting. Fikrlang, o`ylab ko`ring-a! Sohibingiz, birodaringiz va o`zingiz yaxshi tanigan shaxs bo`lmish Muhammad alayhissalotu vassalomda jinga oid hech narsa yo`q. U jinni ham emas, jinlar bilan aloqador ham emas. Uni yaxshi tanir edingiz. U esli-hushli, aqlli, tafakkurli, vazmin va obro`yli bir odamligini yaxshi bilasiz. U aytayotgan gaplar ham jinlarning so`zi emas, ochiq-oydin, baquvvat va hikmatli. U sizlar aytayotgandek, jinni ham, shoir ham, sehrgar ham emas.)