Axir, ular osmonu yerdagi, oldilaridagi narsalarni, ortlaridagi narsalarni ko`rmaydilarmi?! Agar xohlasak, ularni yerga yuttirib yuborurmiz yoki ustlariga osmondan parchalar tushirurmiz. Albatta, bunda U zotga qaytguvchi har bir banda uchun oyat(belgi) bordir.1
Footnotes
[1]
(Oxiratdagi qayta tirilishni inkor etayotgan kofirlar, osmonu Yerdagi, oldilariyu ortlaridagi narsalarni ko`rmaydilarmi? Ularning to`rt tarafida Alloh taolo o`lganlarni qayta tiriltirishga qodir ekaniga, hujjatlar to`lib yotibdi-ku! Agar aqllari ishlamayotgan bo`lsa, ko`zlarini ochib, hushlarini joyiga keltirib qo`yishimiz mumkin.)