Shuningdek, odamlardan, hayvonlardan va chorvalardan ham turli ranglardagilarini chiqardik. Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo`rqarlar. Albatta, Alloh aziyz va o`ta mag`firatli Zotdir.1
Footnotes
[1]
(Alloh taoloning qudratini his etib, ularning yaratuvchisi borligini anglab yetib, aqli bilan Allohni topgan va undan qo`rqqan odamgina olim hisoblanadi. Ammo mazkur maxluqotlarning tarixi, tuzilishi, tarkibidagi moddalari, xususiyatlari va boshqa turli ma'lumotlarini to`liq o`rganib, ularni yaratgan zot Allohni tanimagan va undan qo`rqmagan odam o`ta johil hisoblanadi.)