Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Fatir — Ayah 32

35:32
ثُمَّ أَوۡرَثۡنَا ٱلۡكِتَٰبَ ٱلَّذِينَ ٱصۡطَفَيۡنَا مِنۡ عِبَادِنَاۖ فَمِنۡهُمۡ ظَالِمٞ لِّنَفۡسِهِۦ وَمِنۡهُم مُّقۡتَصِدٞ وَمِنۡهُمۡ سَابِقُۢ بِٱلۡخَيۡرَٰتِ بِإِذۡنِ ٱللَّهِۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلۡفَضۡلُ ٱلۡكَبِيرُ ٣٢
So`ngra bu kitobni O`z bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ulardan o`ziga o`zi zulm qiluvchilari bor, ulardan o`rtachalari bor va ulardan Allohning izni ila yaxshiliklarga o`zuvchilar ham bor. Ana shu ayni ulug` fazldir.1
Footnotes
  • [1] (Alloh taolo O`zining boqiy mo`'jizasi bo`lmish haq kitobi — Qur'oni Karimni Muhammad alayhissalotu vassalomning ummatiga meros qilib berdi. Bu inoyatda shon-sharaf ham, juda ulkan mas'uliyat ham bor. Ular o`sha shon-sharafga nomunosib va zimmasidagi mas'uliyatni anglab yetmagan osiylardir. Bu toifadagi odamlarning yomonliklari yaxshiliklaridan ko`p bo`lgan, ular o`zlariga ishonib topshirilgan haq kitobga munosib bo`la olmay o`zlariga o`zlari zulm qilganlardir. Ulamolarimiz «o`rtachalar» — farz va vojib amallarni ado etadigan, haromlardan uzoq bo`lgan, ba'zi mustahablarni tark etib, ba'zi makruhlarni qilgan kishilardir, deydilar. Ular barcha farz, vojib va sunnat amallarni to`liq ado etadilar. Barcha harom, shubhali va makruh amallardan uzoqda bo`ladilar. Buning ustiga nomiga yaxshilik bo`lsa, hammadan o`zib yetib boradilar.)