Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ya-Sin — Ayah 47

36:47
وَإِذَا قِيلَ لَهُمۡ أَنفِقُواْ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لِلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَنُطۡعِمُ مَن لَّوۡ يَشَآءُ ٱللَّهُ أَطۡعَمَهُۥٓ إِنۡ أَنتُمۡ إِلَّا فِي ضَلَٰلٖ مُّبِينٖ ٤٧
Ularga: «Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan infoq qilinglar», deyilganida, kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Alloh xohlasa, O`zi taom beradigan kimsani biz taomlantiramizmi?! Siz ochiq-oydin zalolatdan boshqa narsada emassiz», derlar.1
Footnotes
  • [1] (Siz Alloh hammaga rizq beradi, degan zalolatli e'tiqoddasizlar, mana, bizdan ba'zi bir odamlarga taom berishimizni so`rab turishingiz buning dalili, demoqchilar. Aslida esa, ularning tasavvurlari, gaplari ayni zalolatdir. Hech qachon, hech qanday inson o`ziga ham, boshqaga ham rizq topib bera olmaydi. Alloh taolo birovning rizqini keng, birovning rizqini tor qilib qo`yadi. Hammasi bandalarni sinash uchundir. Hammaga rizq beruvchi, boquvchi Alloh taoloning yagona O`zidir. Men birovga rizq beryapman, taomlantiryapman, boqyapman, degan odam kofir bo`ladi, ochiq-oydin zalolatga ketadi.)