Kimning umrini uzoq qilsak, uni xilqatida nochor qilib qo`yamiz. Axir, aql ishlatib ko`rmaydilarmi?!1
Footnotes
[1]
(Iymonga kelib, ibodat bilan o`tgan mo`minlar qariganlari sari rohatlari ko`payib boradi. Hayotda qolishni savob ishlash uchun fursat deb xursand bo`ladilar. Jannatga va Allohning roziligiga yetishish umidida o`limni xursand bo`lib kutib oladilar. Kofirlar esa, aqllarini ishlatmaganlari uchun bu masalada katta qiyinchilikda qoladilar.)