Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ya-Sin — Ayah 80

36:80
ٱلَّذِي جَعَلَ لَكُم مِّنَ ٱلشَّجَرِ ٱلۡأَخۡضَرِ نَارٗا فَإِذَآ أَنتُم مِّنۡهُ تُوقِدُونَ ٨٠
U zot sizlarga yashil daraxtdan olov qilib bergandir. Endi esa, siz undan olov yoqmoqdasiz.1
Footnotes
  • [1] (U zot shunday qudratli zotki, ba'zi narsalarni o`ziga qarama-qarshi tomondan ham chiqaraveradi. Misol uchun, yam-yashil daraxtni olaylik. U ho`l bo`ladi. Tarkibida suv bor. Suv esa, olovni o`chiradi. Ammo Alloh taolo olovga ters bo`lmish ho`l daraxtni bir-biriga ishqasa, o`t chiqaradigan holga keltirib qo`ygandir. Olovga yoqilg`ini ham o`sha daraxtning o`zidan qilib qo`ygandir. Bu ulkan bir mo`'jizaga odamlar e'tibor bermaydilar.)