Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah As-Saffat — Ayah 107

37:107
وَفَدَيۡنَٰهُ بِذِبۡحٍ عَظِيمٖ ١٠٧
Biz uning o`rniga katta qurbonlik fido qildik.1
Footnotes
  • [1] (Ibrohim qurbonlik uchun bolasini so`yishga tayyorligini bildirdi. Uni yotqizib, bo`yniga pichoq tiradi. Ammo Allohning maqsadi Ismoilning qonini oqizish bo`lmagani uchun pichoq o`tmadi. Shunda Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga yuqoridagi nidoni qildi va Ismoil alayhissalomning o`rniga so`yish uchun jannatdan katta bir qo`chqorni ato etdi. Ibrohim alayhissalom o`sha qo`chqorni qurbonlikka so`ydi.)