Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Sad — Ayah 22

38:22
إِذۡ دَخَلُواْ عَلَىٰ دَاوُۥدَ فَفَزِعَ مِنۡهُمۡۖ قَالُواْ لَا تَخَفۡۖ خَصۡمَانِ بَغَىٰ بَعۡضُنَا عَلَىٰ بَعۡضٖ فَٱحۡكُم بَيۡنَنَا بِٱلۡحَقِّ وَلَا تُشۡطِطۡ وَٱهۡدِنَآ إِلَىٰ سَوَآءِ ٱلصِّرَٰطِ ٢٢
O`shanda ular Dovudning oldiga kirishgan edi. Bas, u ulardan qo`rqib ketdi. Ular: «Qo`rqma, bular — ikki da'volashguvchi tomon. Biz bir-birimizga zulm qildik. Bas, oramizda haq ila hukm chiqar. Jabr qilma. Bizlarni to`g`ri yo`lga hidoyat qil», dedilar.1
Footnotes
  • [1] (Kutilmaganda, iznsiz, man qilingan joyga devor oshib kirib kelishlari yaxshilik alomati emas edi. Mo`min odam payg`ambarning huzuriga bunday suratda kirib bormaydi. Shuning uchun ham Dovud alayhissalom qo`rqib ketdi. Kirib kelganlar buni payqab, u kishini tinchlantirishga harakat qilishdi.)