Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Az-Zumar — Ayah 23

39:23
ٱللَّهُ نَزَّلَ أَحۡسَنَ ٱلۡحَدِيثِ كِتَٰبٗا مُّتَشَٰبِهٗا مَّثَانِيَ تَقۡشَعِرُّ مِنۡهُ جُلُودُ ٱلَّذِينَ يَخۡشَوۡنَ رَبَّهُمۡ ثُمَّ تَلِينُ جُلُودُهُمۡ وَقُلُوبُهُمۡ إِلَىٰ ذِكۡرِ ٱللَّهِۚ ذَٰلِكَ هُدَى ٱللَّهِ يَهۡدِي بِهِۦ مَن يَشَآءُۚ وَمَن يُضۡلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنۡ هَادٍ ٢٣
Alloh eng go`zal so`zni o`xshash va takrorlangan kitob etib tushirar. Undan Robbilaridan qo`rqadiganlarning terilari titrar. So`ngra ularning terilari va qalblari Allohning zikriga yumshar. Ana shu, Allohning hidoyatidir. U ila Alloh xohlagan kimsani hidoyat qilar. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, uning uchun hidoyat qilguvchi yo`q.1
Footnotes
  • [1] (Qur'oni Karim eng go`zal so`zdir. Uning oyatlari go`zallikda, purma'nolikda, hikmatda, to`g`rilikda va hukmda bir-biriga o`xshashdir. «Takrorlanadigan» bo`lishi esa, hukmlari takror-takror keladi, hikmatlari takror-tarkor keladi, va'zlari, ogohlantirishlari, va'dayu tahdidlari ham takror-takror keladi. Shuningdek, suralari, oyatlari takror-takror o`qiladi, yod olinadi, o`rganiladi. Bu sifat Alloh taoloning abror bandalarining sifatidir. Ular Qur'on tilovatidan, undagi ma'nolardan juda qattiq ta'sirlanadilar. Ogohlantiruvchi, tahdid qiluvchi oyatlar kelganida xavfdan, qo`rqinchdan badanlari titraydi, yaxshi va'da va rahmat oyatlari kelganida umidvorlikdan badanlari va qalblari yumshaydi, Allohning zikriga yana ham ko`proq beriladilar. Bunday bo`lishi yaxshilik alomatidir.)