Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Az-Zumar — Ayah 3

39:3
أَلَا لِلَّهِ ٱلدِّينُ ٱلۡخَالِصُۚ وَٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِهِۦٓ أَوۡلِيَآءَ مَا نَعۡبُدُهُمۡ إِلَّا لِيُقَرِّبُونَآ إِلَى ٱللَّهِ زُلۡفَىٰٓ إِنَّ ٱللَّهَ يَحۡكُمُ بَيۡنَهُمۡ فِي مَا هُمۡ فِيهِ يَخۡتَلِفُونَۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهۡدِي مَنۡ هُوَ كَٰذِبٞ كَفَّارٞ ٣
Ogoh bo`lingkim, xolis din Allohnikidir. Undan o`zga avliyo (do`stlar) tutganlar: «Biz ularga faqat bizlarni Allohga juda ham yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz», (derlar). Albatta, U zot ular orasida ixtilof etayotgan narsalari bo`yicha hukm qilur. Albatta, Alloh yolg`onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas.1
Footnotes
  • [1] (Mushriklar Alloh taoloning yaratuvchi zot ekanini, osmonlaru Yerni yaratganini tan olar edi. Ammo o`sha xoliqning tavhidini, yakka O`zigina ibodatga sazovor ekanini tan olmasdi. Ibodatda Unga turli but va sanamlarni sherik qilar edi. Ular o`zlaricha afsona to`qib, farishtalar Allohning qizlari, deb safsata sotishardi. Farishtalarga turli haykallar yasab o`shalarga sig`inishardi. Biz maloikalarga ibodat qilish zarurligidan emas, ular bizni shafoat etib, Allohga juda ham yaqinlashtirishlari uchun sig`inamiz, deyishardi. Bu ishlari esa, botil ish edi. Allohning tavhidiga xilof edi. Kufr va shirk edi.)