Alloh O`z bandasiga yetarli emasmi?! Ular seni Undan boshqalar bilan qo`rqiturlar. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, uning uchun hech bir hidoyat qilguvchi yo`q.1
Footnotes
[1]
(Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom mushriklarni Alloh taoloning tavhidiga chaqirib, ularning turli soxta xudolarini ayblaganlarida, ular: «Muhammad xudolarimizni so`kishdan to`xtamasa, unga, albatta, yomonlik yetadi», deb u zot alayhissalotu vassalomni qo`rqitmoqchi bo`lganlar. Ushbu oyat shu munosabat ila tushgan ekan. Garchi xos sabab bilan nozil bo`lsa ham, ma'nosi umumiydir.)