Agar zulm etganlarga yer yuzidagi barcha narsa va u bilan yana shu qadar narsa berilsa ham, qiyomat kuni yomon azobga to`lov qilib yuborishlari aniq. Va ularga Alloh tomonidan o`zlari xayollariga ham keltirmagan narsalar zohir bo`lur.1
Footnotes
[1]
(Kofir va mushriklar bu dunyoda gerdayib, talashib-tortishganlari bilan, qiyomat qoim bo`lib, o`zlariga beriladigan azobni tushunib yetganlarida, azobdan qutulishi uchun bor-yo`q dunyosini berishga tayyor turadilar. Ammo bu to`lov kimga ham kerak? Qiyomat kunining qozisi pora ham, to`lov ham olmaydi. U behojat Zot. Uning huzurida kofir va mushriklar uchun amallariga yarasha jazo bor, xolos.)