Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Az-Zumar — Ayah 49

39:49
فَإِذَا مَسَّ ٱلۡإِنسَٰنَ ضُرّٞ دَعَانَا ثُمَّ إِذَا خَوَّلۡنَٰهُ نِعۡمَةٗ مِّنَّا قَالَ إِنَّمَآ أُوتِيتُهُۥ عَلَىٰ عِلۡمِۭۚ بَلۡ هِيَ فِتۡنَةٞ وَلَٰكِنَّ أَكۡثَرَهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ ٤٩
Bas, qachonki insonni zarar tutsa, u Bizga duo qilur. So`ngra unga Biz O`zimizdan ne'mat bersak: «Albatta, bu menga ilmim tufayli berildi», der. Yo`q! U sinovdir. Lekin ko`plari bilmaslar.1
Footnotes
  • [1] (Boshiga musibat tushsa, balo-ofat kelsa, o`shanday kimsa ham soxta xudolariga emas, Alloh taologa yolboradi. Og`ir musibat vaqtida manmanlik va takabburlik ham qolmaydi, insonning fitrati sof tabiati ochiladi. Insonning fitratida esa, Alloh taoloning vahdoniyatini tan olish xususiyati bor. Shu bois har qanday inson u qanchalik kofir, qanchalik mushrik bo`lmasin, boshiga musibat tushib, zararga yuz tutsa, faqat Alloh taoloning O`ziga yolboradi. Alloh taolo undan zararni olib, unga yana tinchlik-omonlik va ofiyatni bersa, u eski holatiga qaytadi. Alloh bergan ne'matni, tinchlik-omonlik, ofiyat va yaxshiliklarni o`z ilmim, xatti-harakatim bilan topdim, deb da'vo qila boshlaydi.)