Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Az-Zumar — Ayah 6

39:6
خَلَقَكُم مِّن نَّفۡسٖ وَٰحِدَةٖ ثُمَّ جَعَلَ مِنۡهَا زَوۡجَهَا وَأَنزَلَ لَكُم مِّنَ ٱلۡأَنۡعَٰمِ ثَمَٰنِيَةَ أَزۡوَٰجٖۚ يَخۡلُقُكُمۡ فِي بُطُونِ أُمَّهَٰتِكُمۡ خَلۡقٗا مِّنۢ بَعۡدِ خَلۡقٖ فِي ظُلُمَٰتٖ ثَلَٰثٖۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمۡ لَهُ ٱلۡمُلۡكُۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَۖ فَأَنَّىٰ تُصۡرَفُونَ ٦
U sizlarni bir jondan yaratdi. So`ngra undan juftini qildi va sizlarga chorva hayvonlaridan sakkiz juftni tushirdi. U sizni onalaringiz qornida uch zulmat ichida bir yaratishdan keyin yana boshqa yaratishga o`tkazib, asta yaratadir. Ana o`sha Alloh Robbingizdir. Barcha mulk Unikidir. Undan o`zga hech bir ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, qayon burilib ketmoqdasiz?!1
Footnotes
  • [1] (Ushbu oyatda Alloh taolo insonni ona qornida uch zulmat ichida yaratganining xabarini bermoqda. Uch zulmat nima? Tafsirchi ulamolarimiz bu savolga, uch zulmatning biri homilani o`rab turuvchi parda, ikkinchisi bachadon, uchinchisi qorin, deb javob berganlar. Ilmiy taraqqiyot bu javobni yana ham aniqlashtirdi. Mutaxassis olimlar o`tkazgan tekshirishlardan homilani o`rab turuvchi parda uch qavat ekani ma'lum bo`ldi. Alloh taoloning: «onalaringiz qornida uch zulmat ichida», degani bejiz emas ekan. Qorinning ichida uch zulmat, uch qavat pardani yaratgan kim? Nima uchun bir emas, ikki emas yoki to`rt emas, aynan uch qavat? Shuning o`zi Alloh taoloning vahdoniyatiga dalil emasmi?)