Sen ularni yaqinlashguvchi Kundan ogohlantir. O`shanda jonlar xalqumga kelib, g`am-g`ussaga to`lib turarlar. Zolimlar uchun hech bir do`st ham, itoat qilinadigan shafoatchi ham yo`q.1
Footnotes
[1]
(Yaqinlashguvchi kun qiyomat kunidir. U hademay kelib qoladi. Ko`zni ochib yumguncha ro`y beradi. Odamlar o`sha kundan ogoh bo`lsinlar. U kun og`ir kun bo`ladi. Hayoti dunyoda kufr va shirk ila zulmga yurgan kishilar uchun yonini oladigan do`st ham, gapiga quloq soladigan shafoatchi ham bo`lmaydi.)