Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ghafir — Ayah 25

40:25
فَلَمَّا جَآءَهُم بِٱلۡحَقِّ مِنۡ عِندِنَا قَالُواْ ٱقۡتُلُوٓاْ أَبۡنَآءَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ وَٱسۡتَحۡيُواْ نِسَآءَهُمۡۚ وَمَا كَيۡدُ ٱلۡكَٰفِرِينَ إِلَّا فِي ضَلَٰلٖ ٢٥
Muso ularga Bizning huzurimizdan haq ila kelgan chog`da, ular: «U bilan birga iymon keltirganlarning o`g`illarini qatl qilinglar, qizlarini tirik qoldiringlar», dedilar. Kofirlarning makr-hiylasi zalolatdan boshqa narsa emas.1
Footnotes
  • [1] (Bani Isroilni o`ziga qul qilib olgan Fir'avn bu xalqqa turli azob-uqubatlarni yog`dirar, nima qilib bo`lsa ham, ularni qullikda ushlab turib, o`z foydasi uchun ishlatishga urinar edi. O`ziga qarshi yosh yigitlar bosh ko`tarishi mumkinligini yaxshi bilganidan, qolaversa, atrofidagi gumashtalaridan, mulkiga Bani Isroildan tug`iladigan bola zavol bo`lishini eshitganidan keyin Bani Isroilda tug`iladigan qiz bolaga tegmasdan, o`g`il bolalarni o`ldirishga farmon bergan edi. Muso alayhissalom kelib, Alloh taolo tomonidan payg`ambar etib yuborilganlarini aytganlaridan keyin Fir'avnning xavfi yana ham ziyoda bo`ldi va Bani Isroilning, ya'ni Muso alayhissalomga qo`shilib, iymon keltirganlarning o`g`il bolalarini o`ldirish haqidagi farmonini yangiladi.)