Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ghafir — Ayah 28

40:28
وَقَالَ رَجُلٞ مُّؤۡمِنٞ مِّنۡ ءَالِ فِرۡعَوۡنَ يَكۡتُمُ إِيمَٰنَهُۥٓ أَتَقۡتُلُونَ رَجُلًا أَن يَقُولَ رَبِّيَ ٱللَّهُ وَقَدۡ جَآءَكُم بِٱلۡبَيِّنَٰتِ مِن رَّبِّكُمۡۖ وَإِن يَكُ كَٰذِبٗا فَعَلَيۡهِ كَذِبُهُۥۖ وَإِن يَكُ صَادِقٗا يُصِبۡكُم بَعۡضُ ٱلَّذِي يَعِدُكُمۡۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهۡدِي مَنۡ هُوَ مُسۡرِفٞ كَذَّابٞ ٢٨
Fir'avn ahlidan bo`lgan, iymonini berkitib yuradigan bir mo`min kishi: «Bir odamni, Alloh Robbimdir, degani uchun o`ldirasizlarmi?! Holbuki, u sizga Robbingizdan ochiq-oydin hujjatlar ila kelmishdir. Agar u yolg`onchi bo`lsa, yolg`oni o`ziga zarar. Agar rostgo`y bo`lsa, unda u va'da qilayotgan ba'zi musiybatlar sizga yetar. Albatta, Alloh isrofchi va kazzob bo`lgan shaxsni hidoyat qilmas.1
Footnotes
  • [1] (Darhaqiqat, Muso alayhissalomning «Alloh Robbimdir» degan so`zdan boshqa da'volar yo`q edi. Bu degani Alloh mening yaratguvchim, rizq berguvchim, tadbirimni qilguvchi tarbiyachim, degani edi. Bu e'tirof oddiy haqiqat edi. Buning yomon joyi yo`q edi. Buni hamma tan olishi kerak edi. Bu narsa sof qalb va oddiy mantiqning taqozosi edi. Shuning uchun sof qalb egasi bo`lgan kishi tomonidan bu haqiqat e'lon etildi.)