Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ghafir — Ayah 34

40:34
وَلَقَدۡ جَآءَكُمۡ يُوسُفُ مِن قَبۡلُ بِٱلۡبَيِّنَٰتِ فَمَا زِلۡتُمۡ فِي شَكّٖ مِّمَّا جَآءَكُم بِهِۦۖ حَتَّىٰٓ إِذَا هَلَكَ قُلۡتُمۡ لَن يَبۡعَثَ ٱللَّهُ مِنۢ بَعۡدِهِۦ رَسُولٗاۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ ٱللَّهُ مَنۡ هُوَ مُسۡرِفٞ مُّرۡتَابٌ ٣٤
Batahqiq, bundan oldin Yusuf ochiq-oydin hujjatlar ila keldi. Bas, siz u o`zingizga keltirgan narsaga shak keltirib, turib oldingiz. Nihoyat, u vafot etgan paytda: «Alloh undan keyin Payg`ambar yubormas», dedingiz. Alloh shunday qilib, isrofchi va shubhachi bo`lgan kimsani zalolatga ketkazdi.1
Footnotes
  • [1] (Ey qavmim, siz Yusuf alayhissalomning payg`ambarligiga shubha qilib, iymon keltirmay turib oldingiz. Xullas, Yusuf alayhissalom vafot etganida, undan qutuldik, Alloh tomonidan payg`ambar bo`lib keldim, deydigan odam endi bo`lmaydi, dedingiz. Alloh Yusuf alayhissalom haqida shubhada turib olgan o`sha ota-bobolaringizni zalolatga ketkazgani kabi, har bir xususda isrofgar bo`lgan va dinda shubha qilganlarni ham zalolatga ketkazdi. Muso haqida isrofchi va shubhachi bo`lmang, yana Alloh sizni ham zalolatga ketkazib qo`ymasin.)