Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ghafir — Ayah 37

40:37
أَسۡبَٰبَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ فَأَطَّلِعَ إِلَىٰٓ إِلَٰهِ مُوسَىٰ وَإِنِّي لَأَظُنُّهُۥ كَٰذِبٗاۚ وَكَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِفِرۡعَوۡنَ سُوٓءُ عَمَلِهِۦ وَصُدَّ عَنِ ٱلسَّبِيلِۚ وَمَا كَيۡدُ فِرۡعَوۡنَ إِلَّا فِي تَبَابٖ ٣٧
Osmonlarning sabablariga yetsam, so`ngra Musoning Ilohiga boqsam. Albatta, men uni yolg`onchi deb, gumon qilmoqdaman». Shunday qilib, Fir'avnga uning yomon amali ziynatlandi va u yo`ldan to`sildi. Fir'avnning makr-hiylasi ziyonkorlikdan boshqa narsa emas.1
Footnotes
  • [1] (U vaziri Homonni baland qasr qurishga buyurdi. U qasr nima uchun kerak bo`lib qolganini ham aytdi, osmonlarga chiqadigan sabablarga, yo`llarga yetishsamu chiqib Musoning xudosini ko`rsam. Men Musoning Alloh tomonidan yuborilgan payg`ambar ekaniga ishonmayman, o`zim osmonga chiqib, uning yolg`onchi ekanini isbotlamoqchiman, dedi. Fir'avnning bu gaplari qaysi tomondan olib qaralganda ham qavmni aldash, o`zini oliy maqom qilib ko`rsatish va Allohning dinini inkor etishdan iborat ekani bilinadi. Bu gaplar uning insofga kelib, to`g`ri yo`lga tushmasligidan darak berardi.)