Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ghafir — Ayah 5

40:5
كَذَّبَتۡ قَبۡلَهُمۡ قَوۡمُ نُوحٖ وَٱلۡأَحۡزَابُ مِنۢ بَعۡدِهِمۡۖ وَهَمَّتۡ كُلُّ أُمَّةِۭ بِرَسُولِهِمۡ لِيَأۡخُذُوهُۖ وَجَٰدَلُواْ بِٱلۡبَٰطِلِ لِيُدۡحِضُواْ بِهِ ٱلۡحَقَّ فَأَخَذۡتُهُمۡۖ فَكَيۡفَ كَانَ عِقَابِ ٥
Ulardan oldin Nuh qavmi va ular ketidan kelgan firqalar ham yolg`onchi qilgan edilar. Har ummat o`z Payg`ambarini tutishga qasd qildi va haqni yo`qotish uchun botil ila mujodala etdi. Bas, Men ularni tutdim. Bas, Mening iqobim qanday bo`ldi!1
Footnotes
  • [1] (Ana o`sha o`tgan ummatlardan har biri o`z payg`ambarini tutib, o`ldirmoqni qasd qildi. Suiqasd kofirlarning qadimiy odati.)