Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ghafir — Ayah 52

40:52
يَوۡمَ لَا يَنفَعُ ٱلظَّٰلِمِينَ مَعۡذِرَتُهُمۡۖ وَلَهُمُ ٱللَّعۡنَةُ وَلَهُمۡ سُوٓءُ ٱلدَّارِ ٥٢
U kunda zolimlarga ma'ziratlari naf bermas. Ularga la'nat bo`lg`ay va ularga yomon hovli joy bo`lg`ay.1
Footnotes
  • [1] (Iymon bilan kufr orasidagi kurash bir shaxs, bir avlod, bir zamonga bog`liq emas. Balki bu kurash dunyo bunyod bo`lganidan boshlab, qiyomatgacha davom etadigan kurashdir. Bu kurash davomida turli holatlar bo`lib o`tadi. Iymon tomonida turgan ba'zi kishilarning e'tiqod yo`lida shahid bo`lishlari ulkan nusrat bo`lishi mumkin. Hozirgacha butun dunyo qanchadan-qancha shahidlarni madh etib, ehtirom ila eslab kelmoqda, ularni shahid etgan qotillar esa, la'natlanmoqda. Qani, ko`raylik-chi, bu yerda nusrat shahidgami yo qotilga?! Ba'zi bir shahidlarning o`limi butun boshli ummatlarni g`alabaga chorlagan vaqtlar ham bo`lgan. Demak, o`limning hammasi ham, xususan iymon yo`lidagi o`lim, mag`lubiyat hisoblanmaydi. Iymon va kufr orasidagi kurashda nusrat kimga bo`lishi tor o`lchovda emas, balki keng mezonlar bilan o`lchanadi. Iymonning qalblarda, Yer yuzida tantanasi uchun insonning o`zi sa'yi-harakat qilishini Alloh shart etgan ekan, Uning yo`lidagi qurbonlar, mashaqqatlar erishiladigan nusratning qiymatini oshiradi, qadrini ko`taradi. Undan keyin, insoniyat tarixidagi iymon bilan kufr o`rtasidagi kurashning oraliq natijalariga ham bir nazar solaylik. Ularning hammasi payg`ambarlar va mo`minlarga nusrat berilishi bilan yakun topganini ko`ramiz.)