Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ghafir — Ayah 60

40:60
وَقَالَ رَبُّكُمُ ٱدۡعُونِيٓ أَسۡتَجِبۡ لَكُمۡۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَسۡتَكۡبِرُونَ عَنۡ عِبَادَتِي سَيَدۡخُلُونَ جَهَنَّمَ دَاخِرِينَ ٦٠
Robbingiz: «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar», dedi.1
Footnotes
  • [1] (Allohga banda tomonidan qilinadigan duo, ibodat lug`atda bir xil ma'noni bildiradi. Duo va ibodat xoh so`zdan iborat bo`lsin, xoh amaldan, banda tomonidan Alloh taoloning roziligini izlashdir, iymon ila Uning roziligini so`rashdir. Duo va ibodat bandaning Alloh taolo huzurida hojatmand ekanini e'tirof etishidir. O`zining nochorligiyu ojizligini tan olishidir. Bu ishni faqat iymoni borlargina, qalb ko`zlari ochiqlargina, o`zining kimligini anglab yetganlargina, insof qilganlargina, qalbida Allohga nisbatan kibru havo bo`lmaganlargina qiladilar. Buni bandaga Allohning O`zi buyurgandir.)