Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ghafir — Ayah 78

40:78
وَلَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا رُسُلٗا مِّن قَبۡلِكَ مِنۡهُم مَّن قَصَصۡنَا عَلَيۡكَ وَمِنۡهُم مَّن لَّمۡ نَقۡصُصۡ عَلَيۡكَۗ وَمَا كَانَ لِرَسُولٍ أَن يَأۡتِيَ بِـَٔايَةٍ إِلَّا بِإِذۡنِ ٱللَّهِۚ فَإِذَا جَآءَ أَمۡرُ ٱللَّهِ قُضِيَ بِٱلۡحَقِّ وَخَسِرَ هُنَالِكَ ٱلۡمُبۡطِلُونَ ٧٨
Batahqiq, Biz sendan oldin ham Payg`ambarlar yuborganmiz. Ulardan kimningdir qissasini senga aytdik va ulardan kimningdir qissasini senga aytmadik. Hech Payg`ambar Allohning iznisiz oyat (mo`'jiza) keltirgan emas. Bas, qachonki Allohning amri kelganida, haq ila hukm chiqarilur va o`shanda botil ish qilib yurguvchilar ziyon torturlar.1
Footnotes
  • [1] (Alloh taolo Qur'oni Karimda Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalotu vassalomga va u zotning ummatlariga o`tgan payg`ambarlardan yigirma to`rttasining qissasini aytgan. O`sha qissalarning hammasi bilan tanishib chiqildi. Ularning hammasida kofirlar tomonidan payg`ambarlarga (alayhimussalom) va mo`minlarga turli ozorlar berilgani, azob-uqubatlar yog`dirilgani haqida turli ma'lumotlarga ega ham bo`lindi. Yana Qur'oni Karimda qanchadan-qancha qissalari kelmagan payg`ambarlar (alayhimussalom) o`tgan bo`lib, ular ham qiyinchilik, ozor va mashaqqatlarga duchor bo`lganlar. Payg`ambarlar o`z hollaricha odamlarga mo`'jiza ko`rsatib, ularni lol qoldirishga uringan emas. Chunki bu ularning ishi emas. Ularning ishi Allohning ta'limotlarini xalqqa yetkazishdir. Mo`'jiza ko`rsatish esa, Allohga xos ishdir. U zot O`zi xohlagan vaqtida, O`zi xohlagan payg`ambariga mo`'jizani va uni ko`rsatish iznini beradi. Boshqa vaqtlarda payg`ambarlar mo`'jiza ko`rsatish haqida tashvish qilishlari kerak emas.)