Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Fussilat — Ayah 12

41:12
فَقَضَىٰهُنَّ سَبۡعَ سَمَٰوَاتٖ فِي يَوۡمَيۡنِ وَأَوۡحَىٰ فِي كُلِّ سَمَآءٍ أَمۡرَهَاۚ وَزَيَّنَّا ٱلسَّمَآءَ ٱلدُّنۡيَا بِمَصَٰبِيحَ وَحِفۡظٗاۚ ذَٰلِكَ تَقۡدِيرُ ٱلۡعَزِيزِ ٱلۡعَلِيمِ ١٢
Bas, ikki kunda yetti osmonni barpo etdi va har bir osmonga ishini vahiy qildi. Biz dunyo osmonini chiroqlar-la ziynatladik va qo`ridik. Bu aziyzu o`ta ilmli Zotning o`lchovidir.1
Footnotes
  • [1] (Shunday qilib, osmonlaru Yer olti kunda barpo qilindi. U kunlar qanday kunlar ekanini Allohning O`zigina biladi. Ulamolarimiz, agar Alloh taolo xohlasa, bularni ko`z ochib yumguncha yaratar edi, lekin bandalariga puxtalikni o`rgatish uchun shoshilgani yo`q, deydilar. Axir hajmini, ichlaridagi narsalarni tasavvur ham qilib bo`lmaydigan darajada ko`p va katta bo`lgan yetti osmonning har birida Allohning vahiysi asosida ish ko`rilsa-da inson Allohga kufr keltirib o`tirsa, shu to`g`ri bo`ladimi?! Allohga shirk keltirsa, joizmi? O`ziga kelgan vahiyni afsona, yolg`on, sehr, to`qilgan uydirma deyishi aqldanmi?! Bu vahiyni eskirib qoldi, zamonga to`g`ri kelmaydi, deyishi to`g`rimi?! Alloh vahiy qilgan dasturni qo`yib, o`zi to`qib chiqargan dastur asosida yashashi joizmi?! Insonga yaqin osmonga yulduzlarni ziynat qilib yaratdik. O`sha yulduzlar osmonni jinu shaytonlardan qo`rib turadilar.)