Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Fussilat — Ayah 25

41:25
۞ وَقَيَّضۡنَا لَهُمۡ قُرَنَآءَ فَزَيَّنُواْ لَهُم مَّا بَيۡنَ أَيۡدِيهِمۡ وَمَا خَلۡفَهُمۡ وَحَقَّ عَلَيۡهِمُ ٱلۡقَوۡلُ فِيٓ أُمَمٖ قَدۡ خَلَتۡ مِن قَبۡلِهِم مِّنَ ٱلۡجِنِّ وَٱلۡإِنسِۖ إِنَّهُمۡ كَانُواْ خَٰسِرِينَ ٢٥
Biz ularga «do`stlar» tayyorladik. Bas, o`shalar ularga oldilaridagi va ortlaridagi narsalarni ziynatlab ko`rsatdilar va ularga ham o`zlaridan oldin o`tgan jin va insdan bo`lgan ummatlar qatori (azob) so`zi haq bo`ldi. Albatta, ular ziyonkor bo`ldilar.1
Footnotes
  • [1] (Insonga yomon ishi, gunoh amali yaxshi bo`lib ko`rinishi eng katta balodir. Odam bolasiga eng katta musibat xatolari va gunohlarini his etish tuyg`usini yo`qotishi oqibatida yetadi. U o`zining har bir ishini yaxshi, go`zal deb biladi. Uning atrofidagi do`stlari ham buni tasdiqlab turadi. Agar yaqin do`stlar unga avvalgi gunohlarini ham, bo`lajak gunohlarini ham ziynatlab ko`rsataversalar, ular uni jahannam tomon maqtab-maqtab olib ketayotgan bo`ladilar. Aslida do`stlik emas, dushmanlik qilayotgan bo`ladilar. Oqil inson maslahatgo`yning maslahatidan kim do`st, kim dushman ekanini bilib oladi. Do`st achitib gapiradi, dushman kuldirib. Yaqin do`stlari maqtovidan shod bo`lib, o`z amali o`ziga ziynatli tuyulganlar borib-borib halokatga yo`liqdilar.)