Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Fussilat — Ayah 33

41:33
وَمَنۡ أَحۡسَنُ قَوۡلٗا مِّمَّن دَعَآ إِلَى ٱللَّهِ وَعَمِلَ صَٰلِحٗا وَقَالَ إِنَّنِي مِنَ ٱلۡمُسۡلِمِينَ ٣٣
Allohga da'vat qilgan, solih amallarni qilgan va «Albatta, men musulmonlardanman!» degan kishidan ham go`zal so`zli kim bor?!1
Footnotes
  • [1] (Dunyodagi eng go`zal so`z Alloh taolo yo`liga chaqiruvchi so`zdir. Dunyodagi eng go`zal so`zlovchi Alloh taologa da'vat qiluvchining o`zidir. Ammo o`sha so`zning haqiqatda go`zal bo`lishi va o`sha so`zlovchining o`zi eng go`zal so`zlovchi bo`lishi uchun quruq da'vatning o`zi yetmaydi. Balki da'vat bilan birga, solih amal bo`lishi hamda: «Albatta, men musulmonlardanman», deyishi kerak. Ana o`shandagina, u odam eng go`zal so`z so`zlagan bo`ladi. Zero, faqat musulmonligi tufayli shu fazlga ega bo`lgandir.)