Albatta, oyatlarimiz haqida egrilik qiladiganlar Bizga maxfiy bo`lib qolmaslar. Do`zaxga tashlanadigan odam yaxshimi yoki qiyomat kuni omon holida keladigan odammi?! Nimani xohlasangiz, qilavering. Albatta, U zot nima qilayotganingizni ko`rib turguvchidir.1
Footnotes
[1]
(Bu oyati karima Qur'oni Karim mo`'jizasi bo`lib, Allohning biru borligi va cheksiz qudratiga dalolat qiluvchi borliqdagi oyat-belgilarga nisbatan egrilik ila munosabatda bo`lgan odamlarning ahvolini bayon qiladi. Allohning oyatlari haqida egrilik qiladiganlar qiyomat kuni do`zaxga, to`g`rilik qiladiganlar jannatga kiradilar. Xo`sh, ulardan qaysi biri yaxshi? Hamma narsa ma'lum va ochiq-oydin bo`ldi. Endi: Xohlasangiz, quyoshga sajda qiling. Xohlasangiz, oyga sajda qiling. Xohlasangiz, Allohning oyatlari haqida kufr so`zlar ayting. Har bir ishingizni Alloh taolo ko`rib turadi. Qiyomatda amalingizga yarasha jazolaydi.)