Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik. Bas, u haqida ixtilof qilindi. Agar Robbing tomonidan oldin so`z o`tmaganida, oralarida, albatta, hukm chiqarilardi. Albatta, ular u haqda gumonli shakdadirlar.1
Footnotes
[1]
(Muso alayhissalomning qavmi Tavrot haqida ixtilof qildi. Ba'zilari iymon keltirdi. Ba'zilari kufrga ketdi. Xuddi Qur'onga nisbatan munosabatga o`xshash munosabat bo`ldi. Agar Alloh taolo qiyomatda hisob-kitob qilishga so`z bermaganida, kitobiga kufr keltirganlarni, albatta, azobga duchor etar edi.)