Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Fussilat — Ayah 53

41:53
سَنُرِيهِمۡ ءَايَٰتِنَا فِي ٱلۡأٓفَاقِ وَفِيٓ أَنفُسِهِمۡ حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَهُمۡ أَنَّهُ ٱلۡحَقُّۗ أَوَلَمۡ يَكۡفِ بِرَبِّكَ أَنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءٖ شَهِيدٌ ٥٣
Biz ularga ham ufqlardagi, ham o`z nafslaridagi oyat (belgi)larimizni ko`rsatamiz. Toki, ularga uning haqligi ravshan bo`lsin. Sening Robbing har bir narsaga shohid ekanligi kifoya qilmasmidi?!1
Footnotes
  • [1] (Darhaqiqat, o`tgan davr ichida Alloh taolo odamlarga ufqlarda, atrof-jonibida ko`plab ajoyibotlarni anglatib qo`ydiki, o`sha belgilarni o`rgangan odamlar Qur'onning haq ilohiy kitob ekanini tan olib, musulmon bo`lmoqdalar. Yershunos, osmonshunos, tabiatshunos, hayvonshunos va boshqa turli soha olimlari Allohning ufqlaridagi oyat-belgilarini o`rganib, Alloh taologa iymon keltirmoqdalar. Shuningdek, insonning o`zini o`rgangan olimlar ham Qur'onni tan olmoqdalar.)