Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ash-Shuraa — Ayah 15

42:15
فَلِذَٰلِكَ فَٱدۡعُۖ وَٱسۡتَقِمۡ كَمَآ أُمِرۡتَۖ وَلَا تَتَّبِعۡ أَهۡوَآءَهُمۡۖ وَقُلۡ ءَامَنتُ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِن كِتَٰبٖۖ وَأُمِرۡتُ لِأَعۡدِلَ بَيۡنَكُمُۖ ٱللَّهُ رَبُّنَا وَرَبُّكُمۡۖ لَنَآ أَعۡمَٰلُنَا وَلَكُمۡ أَعۡمَٰلُكُمۡۖ لَا حُجَّةَ بَيۡنَنَا وَبَيۡنَكُمُۖ ٱللَّهُ يَجۡمَعُ بَيۡنَنَاۖ وَإِلَيۡهِ ٱلۡمَصِيرُ ١٥
Bas, shuning uchun ham, o`zingga amr qilinganidek da'vat qil va mustaqiym tur va ularning havoyi nafslariga ergashma hamda: «Men Alloh nozil qilgan har bir kitobga iymon keltirdim va orangizda adolat o`rnatishga amr qilindim. Alloh bizning Robbimiz, sizning ham Robbingiz. Bizning amallarimiz o`zimiz uchun, sizning amallaringiz o`zingiz uchun. Biz bilan sizning oramizda janjal(ga o`rin) yo`q. Alloh bizlarni jamlaydi va qaytish yolg`iz Uning O`zigadir», deb ayt.1
Footnotes
  • [1] (Alloh senga bergan dinga odamlarni da'vat qil va o`z da'vatingda Alloh senga buyurganidek mustaqim tur. O`tgan payg`ambarlarning dinida tafriqaga tushgan va kitoblariga shak-shubha qilgan nobakor qavmlarning havoi nafslariga ergashma. Ey Payg`ambar, Alloh tomonidan menga siz bandalar orangizda mutlaq adolat ila hukm qilishga buyurildim. Kishilarning diniga, jinsiga, nasl-nasabiga, mansabiga, obro`-e'tiboriga qarab emas, odamligiga, Allohning bandasi ekanligiga nisbatan adolat o`rnatishga buyurildim, deb ayt.)