Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ash-Shuraa — Ayah 23

42:23
ذَٰلِكَ ٱلَّذِي يُبَشِّرُ ٱللَّهُ عِبَادَهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِۗ قُل لَّآ أَسۡـَٔلُكُمۡ عَلَيۡهِ أَجۡرًا إِلَّا ٱلۡمَوَدَّةَ فِي ٱلۡقُرۡبَىٰۗ وَمَن يَقۡتَرِفۡ حَسَنَةٗ نَّزِدۡ لَهُۥ فِيهَا حُسۡنًاۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٞ شَكُورٌ ٢٣
Ana o`sha, iymon keltirib, solih amallarni qilgan bandalariga Alloh berayotgan xushxabardir. (Ey Muhammad): «Men sizdan bu uchun ajr emas, faqat qarindoshlik mehrinigina so`rayman», deb ayt. Kim yaxshilik qilsa, Biz unga o`sha ishida yaxshilikni ziyoda qilurmiz. Albatta, Alloh o`ta mag`firatli, Shakurdir.1
Footnotes
  • [1] (Ushbu jumla ma'nosi haqida ulamolarimiz bir necha xil fikrlar aytishgan. Misol uchun, Sa'iyd ibn Jubayr roziyallohu anhu «qarindoshlik mehri» iborasini Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning ahl baytlari, deb ta'vil qilganlar. Hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu esa, Quraysh urug`lari ichidan har biri turli yo`llar bilan Payg`ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga qarindoshlik rishtalari ila bog`lanar edi, shuning uchun bu jumlada u kishi qurayshliklarga, da'vatlari uchun ulardan ajr so`ramasliklari, balki qarindoshlik haq-hurmatini o`rniga qo`yishini so`rayotganlari ifodalangan, deydilar. Bundan qarindoshchiligimiz hurmati mening ishimga qarshi chiqmanglar, da'vatim yo`lini to`smanglar, degan ma'no chiqadi.)